2022 yil 1 yanvarga qadar ayrim xomashyolar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi

Kecha, 5 may kuni “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–5989-son, 05.05.2020 y.) qabul qilindi. Unda ba’zi xomashyo va materiallar 2022 yilgacha bojxona bojidan ozod qilinishi belgilangan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Farmonga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.

Реклама на Unews

Farmon bilan import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSH dollari, 2023 yil 1 yanvardan – 0,1 AQSH dollari, 2025 yil 1 yanvardan – 0,2 AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Реклама на Unews

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatlari tuzilmalarida belgilangan shtat birliklari doirasida to‘qimachilik sanoati masalalari bo‘yicha tuzilmalar tashkil etiladi.

Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi

O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video)

Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring