2021 yildan fuqarolar xorijga faqat “qizil pasport” bilan chiqishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yil 1 yanvardan boshlab faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasporti (“qizil pasport”) bilan O‘zbekiston hududidan chiqishlari mumkin bo‘ladi. “Uzbekistan Airways” kompaniyasi tegishli eslatma bilan chiqdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 16 avgustdagi PF-5156-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartib-taomili bekor qilinib, xorijga chiqish uchun biometrik pasportlar berish (xorijga chiqish pasporti) joriy etildi. O‘zbekiston fuqarolariga ikki turdagi pasport – ichki va xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirilmoqda.

Xorijga chiqish pasportlari 10 yil amal qiladi. Xorijga tez-tez chiqadigan fuqarolar uchun bu qo‘shimcha qulaylikdir. Xorijga chiqish pasporti, shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradi.

Реклама на Unews

Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat bojining qiymati EKIHning 120 foizini tashkil etadi, 16 yoshga yetmaganlar xorijga chiqish pasportlarini olish uchun davlat boji EKIHning 80 foiziga teng.

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlari bilan beriladi:

•    tug‘ilgan kunidan 1 yoshgacha – 2 yillik muddatga;
•    1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yillik muddatga;
•    16 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarga – 10 yillik muddatga.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring