2021 yildan avtomobil yoqilg`isi narxlarining oshishi haqidagi xabarlarga «O`zbekneftgaz» izoh berdi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yildan avtomobil yoqilg`isining narxlarinig oshishi to`g`risidagi mavzu dolzarb va muhokamaga sabab bo`lmoqda. «O`zbekneftgaz» AJning ushbu xabarlarga rasmiy munosabati tashkilot Matbuot xizmati tomonidan "darakchi.uz"ga taqdim etildi. 

Izoh sifatida ma`lum qilinishicha, avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchasida (AYoQSh) avtomobil va dizel yoqilg`isining chakana narxi erkin shakllanib, unga birja savdolari orqali xarid qilingan ulgurji narx, AYoQSh ning sotish bilan bog`liq xarajatlari va foydasi hamda amaldagi qonunchilikda ko`rsatilgan soliq va boshqa majburiy to`lovlar ta`sir ko`rsatadi.

Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda www.mf.uz sayti chop etgan ma`lumotlariga asoslanib avtomobil va dizel yoqilg`isiga to`lanadigan aksiz solig`ining 2021 yil 1 fevraldan oshishi to`g`risidagi soliq qodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha qonun loyihasi muhokamaga qo`yilganligini ko`rsa bo`ladi. Ushbu qonun loyihasiga ko`ra qo`yidagi neft maxsulotlariga va yakuniy iste`molchigasotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig`i stavkalariga o`zgartirish va qo`shimcha kiritilishi ko`zda tutilmoqda:

Реклама на Unews

Neft maxsulotlari:

  • 1 tonna Ai-80 benzini: amalda – 200.000 so`m, taklif – 240.000 so`m;
  • 1 tonna Ai-80, Ai-92, Ai-93 va Ai-95 benzini: amalda – 250.000 so`m, taklif – 275.000 so`m;
  • 1 tonna dizel yoqilg`isi: amalda – 200.000 so`m, taklif – 240.000 so`m;
  • 1 tonna EKO dizel yoqilg`isi: amalda – 180.000 so`m, taklif – 216.000 so`m

Yakuniy iste`molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig`i:

  • 1 tonna benzin: amalda – 378.480 so`m, taklif – 465.530 so`m;
  • 1 tonna dizel yoqilg`isi: amalda – 346.275 so`m, taklif – 425.918 so`m.

Yuqoridagi o`zgarishlar respublikada ommabop bo`lgan Ai-80 benzini misolida 1 tonnasi 127.050 so`mga (QQS ni hisobga olganda 146.108 so`mga) yoki 1 litri 95 so`mga (QQS ni hisobga olganda 110 so`mga) oshishi mumkin.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyalari uchun gaz “O`ztransgaz” AJ va “Hududgazta`minot” AJ tomonidan etkazib beriladi, deyilgan xabarda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 03-12-2020 ДИВЕРСАНТ ИНОПЛАНЕТЯНИН

    Они только повышать цены и умеют ( Нужно пересесть всем автолюбителям на электромобиля. Только так можно спастись от этих дармоедов

    Javob yozish
  2. 03-12-2020 Doston

    Qachongacha Xalqni qiynaydi benzin shudoq ham qimmat

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish