2021 yil apreldan qanday soliq imtiyozlari bekor qilinadi?

O‘zbekistonda soliq imtiyozlarini optimallashtirish jarayoni davom etmoqda. 2021 yilning 1 aprelidan yana bir qator imtiyozlar bekor qilinadi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

2021 yil 1 apreldan boshlab Prezidentning 14.03.2007 yildagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3860-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotadi. Tegishli ravishda, ushbu sanadan boshlab unda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi to‘xtatiladi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 5 yil mobaynida ishlab chiqarishni kengaytirishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni so‘ndirish xarajatlariga hamda lizing ob’ekti qiymatini to‘lashga yo‘naltirilgan investitsiya summalariga foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish huquqiga doir imtiyoz bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida foyda solig‘i doirasida quyidagi miqdorlardagi investitsiyaviy chegirma nazarda tutilgan:

Реклама на Unews

•    yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 10 foizi miqdorida;
•    ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasining 5 foizi miqdorida.

SKning 317-moddasi 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi, u quyidagilar amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida qo‘llaniladi:

•    yangi texnologik uskunani ishga tushirilgan;
•    o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minoti sotib olingan (SKning 308-moddasiga qarang). 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 23-11-2020 cayot

    Anaaaa silaga syurprizu mana silaga syurpiriz, ana silaga tilbizoru mana silaga kir yuvodig'on moshinaaa.... soliq qo'mitasidigila gazini bosilaaa

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish