2021 yil 1 fevraldan pensiya miqdori kimlar uchun oshirildi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida»gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-4938-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Qarorga asosan 2021 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida:

Реклама на Unews

  • mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so`m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so`m;
  • Bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa - 434 000 so`m;
  • Kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam -  326 000 dan 653 000 so`mgacha
  • 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa
    • ​bitta bolali oilalarga – 144 100 so`m
    • ikkita bolali oilalarga – 238 700 so`m
    • uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 so`m
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 000 dan 1 085 000 so`mgacha oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvoniga ega pensionerlar uchun to`lov miqdori Qarorga asosan 1.1 barobarga oshirildi.

Ma`lumot uchun: 

Ushbu qaror 2021 yil 1 fevraldan ish haqi 10 foizga oshirilishi haqida:
Bu Prezidentning “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ko`zda tutilgan.Ushbu qarorda, avvalo, 2021 yilgi davlat byudjetini ijroga qaratish bilan bog`liq.

Реклама на Unews

Mavjud an`anaga ko`ra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oshirish bo`yicha davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori chiqishi lozim.

“Nega pensiyalar oshirilmayapti?” degan savollarga keladigan bo`lsak, pensiyalar koronakrizis paytida, aniqrog`i 2020 yilning 1 sentyabridan oshirilgan edi. U paytda byudjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qo`yilgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring