2021-2022-o`quv yilida 1-2 sinf darsliklari to`liq yangilanadi (video)

2021-2022-o`quv yilida 1-2 sinflar uchun to`liq tarkibda zamonaviy darsliklar yaratiladi. Bu haqda "O`zbekiston24" telekanalining Axborot dasturida ma`lum qilindi.

Ayni paytda Respublika ta`lim markazida 1-2 sinflar uchun 10 nomdagi darsliklarni yaratish bo`yicha ishchi guruhlar faoliyati tashkil etilib, zamonaviy darsliklarning maket loyihalarini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.

 Eski “ensiklopediya” formatidagi darsliklar o`zgarmoqda, mutlaqo yangi shakl va mazmundagi darsliklar, ularga qo`shimcha ravishda o`qituvchi metodika kitobi va o`quvchi mashq daftarlari yaratilmoqda.

Реклама на Unews

Endilikda  darsliklarni tayyorlashda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, qobiliyati va o`zlashtirish darajalari inobatga olinishi shuningdek, amaliy ko`nikmalarni shakllantirish bosh maqsadga aylandi. Ahamiyatli jihati, endilikda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo`lgan darsliklar yagona mualliflar jamoasi tomonidan yaratiladi.

 Bu esa darsliklar o`rtasida uzviylikni ta`minlashga xizmat qiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring