2020 yilda mulki “snos”ga tushganlarning yarmidan ko‘piga kompensatsiya to‘lanmagan

2020 yilning 1 yanvar holatiga buzilgan mulklar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan qariyib 443 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lgan, biroq o‘tgan yilda bu qarzdorlikning atigi 202 mlrd so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Prokuratura organlari tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning qoplanishi tahlil etilganda, shunday natija yuzaga kelgan. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ma’lum qildi. 

To‘langan qarzdorlikning 151,5 mlrd so‘mi naqd pul, 10,7 mlrd so‘mi yer berish, 39,2 mlrd so‘mi mulk berish hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, hududiy hokimliklar tomonidan buzilishlar bo‘yicha qabul qilingan 52,6 mlrd so‘mlik 196 ta qarorlarning 76 tasi yoki 39 foizi bo‘yicha amaldagi tartibga rioya etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha jamg‘armaga 150 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring