2020-yilda maktablarga eng ko‘p yordam bergan top-10 tashkilotlar ro‘yxati ma’lum qilindi

Prezidentimizning 2020-yil 2-martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’yektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yilgan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Bugungi kunga qadar telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ishlari asosida 7 906 ta xalq ta’limi, 5 182 ta maktabgacha ta’lim va 2 988 ta sog‘liqni salash ob’yektlari optik tolali aloqa liniyalari asosida yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati yaratildi.

Vazirlik ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham e’tirof etilib, Davlatimiz rahbarining «Maktab ta’limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylantirish» g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda otaliqqa biriktirilgan umumta’lim maktablariga 2020-yil davomida moddiy va ma’naviy ko‘mak bergan TOP-10 vazirlik va idoralari ro‘yhatiga kiritilganini ma’lum qildi.

Реклама на Unews

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi biriktirilgan umumta’lim maktablari moddiy va ma’naviy ko‘mak berganligi e’tirof etilib, xalq ta’limi sohasining chinakam hamkoriga aylangani ta’kidlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring