BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

2020 yil qaysi viloyatlarda eng ko‘p korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgani ma’lum qilindi

2020 yilda eng ko‘p Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Viloyatlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, 2020 yilda eng ko‘p Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq sodir etilgan. Shu hududlarda eng ko‘p zarar ham keltirilgan va ko‘proq jinoyat sodir etilgan.

Shuningdek, 2020 yilda davlat byudjetiga 2017-2019 yillarga nisbatan ko‘proq pul qaytarilgan», – dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Namozboyev.

Shuningdek, tadbirda «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlangani ham ma’lum qilindi.

Ushbu tartibga ko‘ra, fuqarolar va davlat xizmatchilari biror sohada tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida tegishli organlarga xabar berishlari mumkin. Rag‘batlantirish uchun pul mukofoti miqdori korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib belgilangan.

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, qaror ijrosi uchun O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili qo‘shimcha o‘rta hisobda 300-500 mln so‘m mablag‘lar talab etiladi.

O‘zbekistonda ayrim toifa tadbirkorlar qator soliqlardan ozod qilinishi mumkin Joriy yilning 3 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Qalampir" nashri xabar bermoqda. Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rildi. Qayd etilishicha, qonun loyihasining maqsadi tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish va aholi daromadalarini oshirishdan iborat bo‘lib, unda O‘zLiDeP elektorati bo‘lgan tadbirkorlar uchun bir qator imtiyozlar berilishi nazarda tutilmoqda. Loyiha bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvarga qadar davlatimiz rahbari tomonidan belgilanadigan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi har bir shahar va tumanlarining o‘ziga xos “o‘sish nuqtasi” deb aniqlangan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan tashkil etiladigan hamda Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan yangidan tashkil etiladigan sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari bir qator soliqlardan ozod qilinadi. Qolaversa, mazkur toifadagi soliq to‘lovchilar foyda solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkasini 50 foizi miqdorida amalga oshiradi. Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, joriy yil yakunigacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlar, foyda solig‘i stavkalari belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirib hisoblangan holda to‘laydi. Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida pandemiya davrida iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan sohalardan biri bo‘lgan turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqtinchalik imtiyozlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilanadigan davlat dasturlarida ishtirok etayotgan fuqarolarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi.
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring