2020-yil dekabr... Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi?

Olimlar butun dunyoda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini prognoz qildi. Bu haqda Singapur texnologiyalar va dizayn universiteti tadqiqotchilariga tayanib, New York Post xabar berdi.

Olimlarning fikricha, dunyo koronavirusdan 2020-yilning dekabr oyiga borib qutulishi mumkin. AQSh esa sentabr oxirlariga qadar kasallikni yengadi.

Ekspertlar kasallikka moyillik, infeksiyalangan va sog‘ayganlar dinamikasini tavsiflovchi infeksiya tarqalishining matematik modelidan (SIR-model) foydalangan.

Реклама на Unews

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, ularning prognozi to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, shu sababli butun dunyo bo‘ylab karantin choralarini yengillashtirish bo‘yicha shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilmaslik kerak.

“Biror-bir prognozga asoslangan haddan ortiq optimizm tartib qoida va o‘z-o‘zini nazorat qilishning susayishiga olib kelishi bilan xavfli. Bu esa kasallar sonining ortishiga sabab bo‘ladi”, — deydi tadqiqotchilar.

Avvalroq Singapur universiteti olimlari aprel oyida COVID-19 koronavirusi epidemiyasining turli mamlakatlarda qachon yakuniga yetishi borasidagi taxminiy sanalarni e’lon qilgandi. Vaziyat tez o‘zgarayotgani tufayli ular bu boradagi barcha prognozlarini bekor qilgan va saytdagi grafikalarni o‘chirib tashlagandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring