2016 yil 2 sentyab... Bugun O`zbekiston Mustaqilligi asoschisi poyiga gullar qo`yiladi

2016 yil 2 sentyabr... O`zbekiston xalqi og`ir judolikka uchradi. Respublikaning birinchi prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov 78 yoshida vafot etdi. Prezidentda 28 avgust kuni qayd etilgan insult uni hayotdan olib ketdi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Islom Karimovning vafoti haqida Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining qo`shma axboroti e`lon qilingan edi.

Islom Abdug`anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o`zgarishlarga va poliorgan etishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o`tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi, deyiladi rasmiy axborotda.

Prezidentning vasiyatiga ko`ra, Islom Karimov 2016 yil 3 sentyabrda ota-onasi mangu qo`nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etildi. 

Реклама на Unews

O`sha yildan boshlab 2 sentyabr O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovni xotirlash kuni deb belgilandi.

Shu munosabat bilan bugun shahrimizda joylashgan Islom Karimov qabri ziyorat qilinib, haykali poyiga gul qo`yish marosimi bo`lib o`tadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring