20 may kuni Toshkentdan Moskvaga charter reys tashkil qilinadi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ertaga, 20 may kuni tashkil etiladigan charter reys haqida ma`lumot berdi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Toshkent — Moskva — Toshkent yo`nalishida parvoz soat 7:20 amalga oshiriladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.  

Реклама на Unews

Ro`yxatga, birinchi navbatda, bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.  

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi. 

Реклама на Unews

Kirish imtihonlari testlari qay darajada soddalashtiriladi? – DTM izoh berdi

Manba: Xitoy koronavirusni to‘xtata oladigan dori ishlab chiqarmoqda

O‘zbekistonda bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddati kechiktiriladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring