2 nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “2 nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video tarqaldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot

Tasvirlardagi holat 2021 yil 5 fevral kuni Pastdarg`om tumanida sodir bo`lgan.

Kelishmovchilik, tumanning “Bog`ishamol” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro X.D. hamda uning “A.Navoiy” MFYdagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983 yilda tug`ilgan B.S.lar o`rtasida sodir bo`lgan.

Реклама на Unews

Fuqaro X. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotganligi sababli, ijarachidan uydan chiqishini, so`ragan. B. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to`lab qo`yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.  

Oqibatda janjal yuzaga kelgan. Natijada fuqaro B. tan jarohatlari bilan Pastdarg`om tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Pastdarg`om tuman sudiga taqdim etilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring