+18. Jizzaxda mudhish fojia: ikki kishi vafot etdi, uch kishi esa jonlantirish bo‘limida (VIDEO)

Jizzax. 2020 yil 02 iyul kuni soat 15:00 larda G‘allaorol tumani Oqtom MFY hududidan o‘tgan 4R-40 “G‘allaorol-O‘smat” yo‘lining 40 km.da 35 yoshli B.R. “Nexia” rusumli avtomashinani G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli O.X.ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasini sodir etgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. 

Oqibatda, “Damas” rusumli avtomashina yo‘lovchilari 42 yoshli E.S., va 47 yoshli SH.E.lar tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Реклама на Unews

“Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi B.R., yo‘lovchisi 28-yoshli F.A. va 15 yoshli B.N.lar G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring