17 noyabr: koronavirus bilan zararlangan birinchi bemor qayd etilganiga bir yil bo‘ldi

Bundan roppa-rosa bir yil oldin Xitoyning Xubey provinsiyasida 55 yoshli birinchi koronavirus bemori qayd etilgan edi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Keyinroq Xitoyda har kuni bittadan beshtagacha holat qayd etilgan. OAVlarda virus noma’lum va sirli ekani haqida yozila boshlandi.

Yanvardan esa boshqa davlatlar: Gongkong, Tailand, Avstraliya, AQSh va boshqalarga ham birma-bir virus kirib bordi.

Реклама на Unews

Hozir koronavirus rasman qayd etilmagan davlatlar ro‘yxatida faqat Turkmaniston va Shimoliy Koreya qoldi, xolos.

Dunyo bo‘yicha 55 mlndan ko‘proq odam virusga chalinib, 35 mlndan ko‘prog‘i tuzaldi. 1,3 mln odam esa koronavirus tufayli vafot etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring