BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

+168. Qashqadaryoning o‘zida yana 100 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda.Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi,  deb yozmoqda  "Aniq.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3 986 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring