151ming nafardan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi

Shu yilning 28 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

❗️14 oktyabr holatiga ko‘ra, yurtimizda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

💉Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg‘ona (37 395 doza), Andijon (22 502 doza), Namangan (21 837 doza) viloyatlarida yuqori sur’atlarda olib borilayotgani ahamiyatli.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring