14 yoshgacha bo`lgan bolalar va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o`rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

Amalda bo`lgan kam ta`minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o`rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bunda, ushbu nafaqani tayinlashda:

  •  bolalar yoshi me`yori 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
  • to`lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi;
  • nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi;
  • farzandi bo`lmagan yoki farzandlari 18 yoshdan katta bo`lgan kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

 

Реклама на Unews

Bolalar nafaqasi va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam to`lovlarining quyidagi yangi miqdorlari belgilanmoqda. Bolalar nafaqasi oilaning:

  • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bitta farzandi uchun – 250 000 so`m (+56 000 so`m);
  •  3 yoshgacha bo`lgan bitta kichik farzandi uchun – 325 000 so`m (+131 000 so`m);
  •  ikkinchi farzandi uchun qo`shimcha – 150 000 so`m (+186 000 so`m);
  • uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 000 so`mdan (amaldagi 190 ming so`mdan 290 ming so`mgacha ko`p);
  •  moddiy yordamning miqdori – 380 000 so`m.
     

2022 yil 1 yanvardan boshlab Minimal iste`mol xarajat miqdorlaridan kambag`allik mezoni hamda kam ta`minlangan deb e`tirof etishda jon boshiga bir oylik daromad mezoni sifatida foydalaniladi.

Davlat statistika qo`mitasi 2022 yildan boshlab inflyasiya darajasidan kelib chiqib Minimal iste`mol xarajat miqdorlarini har yili 20 yanvarga qadar e`lon qilib boradi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring