13 noyabrdan boshlab Koreyada jamoat joylarda maska taqmaganlar katta miqdorda jarima to`laydi

13 noyabrdan boshlab Koreyada jamoat joylarda maska taqmaganlik uchun 100,000 von miqdorda jarima qo`llaniladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rasmiy kanalida xabar qilinmoqda.

Jarima quyidagi hollarda qo`llanadi:

- Jamoat joylarda maska taqmay yurganlarga;

Реклама на Unews

- Maskasi boru, lekin to`liq taqilmaganda (masalan burun ochiq bo`lsa yoki pastga tushirib qo`yilganda);

- Maskaning o`rniga boshqa narsa taqilganda (masalan sharf yoki ro`molchaga o`xshash)

- Virusni qaytarmaydigan turli qo`lbola maskalar taqilganda.

Реклама на Unews

Quyidagi hollarda qo`llanmaydi:

- 14 yoshga to`lmaganlar uchun;

- Kasallik holati sababli maska taqish mumkin bo`lmagan holatda

13 oktyabrdan boshlab bir oy davomida ushbu jarima kuchga kirganini odamlarga etkazish uchun bir oy imtiyozli muddat beriladi. Shundan keyin jarima rasman qo`llanila boshlanadi.

PS: Bunday holatlarda tushib qolmaslik uchun sumkangizda 3-4 ta ortiqcha maska solib yurishni tavsiya qilamiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring