10-sinf o‘quvchisi bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirdi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi 1980 y.t., fuqaro M.T., ariza bilan murojaat qilib, uning bank kartasidan jami 6.663.000 so‘m pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olganligini ma’lum qilib, pullarni qaytarishda yordam so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi, 10-sinf maktab o‘quvchisi 2005 y.t., CH.F. ekanligi aniqlangan.

CH.F. jabrlanuvchining qizi bilan sinfdosh ekanligi va sinfdoshi telefon raqamlariga ulangan bank kartasini undan yashirincha o‘zining mobil qurilmasiga o‘tkazib olib pullarni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi.

Реклама на Unews

CH.F.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring