10 dekabrgacha poytaxt metropoliteni barcha vestibyullari bosqichma-bosqich ochiladi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17ta vestibyul vaqtincha yopilgandi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda ularning sakkiztasi yo‘lovchilarni qabul qilmoqda. 9ta vestibyul texnik sabablariga ko‘ra yopiqligicha qolmoqda.

Yopiq qolayotgan vestibyullar:

Реклама на Unews

  • «Hamid Olimjon» bekati – «NBU» banki tomonidagi vestibyul; 
  • «Amir Temur Xiyoboni» bekati – 50-maktab yonidagi vestibyul;
  • «Mirzo Ulug‘bek» bekati – «Milliy» stadioni tarafidagi vestibyul;
  • «Toshkent» bekati – Bosh pochtampt tomonidagi vestibyul;
  • «Oybek» bekati – Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
  • «Kosmonavtlar» bekati – O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidagi vestibyul;
  • «Abdulla Qodiriy» bekati – Gyote instituti yonidagi vestibyul;
  • «Minor» bekati – Moliya instituti tomonidagi vestibyul;
  • «Mustaqillik maydoni» bekati – «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul.

«Toshkent metropoliteni» 2020 yilning 10 dekabrigacha poytaxt metropoliteni barcha vestibyullarining bosqichma-bosqich ochilishini ma’lum qildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring