1 yanvardan veb-saytlarga joylashtirilishi kerak bo`lgan ma`lumotlar turi belgilab berildi

“Davlat ishtirokidagi xo`jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.  Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.

Qarorga ko`ra, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan xo`jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining quyidagi ma`lumotlari joylashtiriladi:

•  ustav fondi;

Реклама на Unews

•  davlat ulushi;

•  har chorak va yil yakunlari bo`yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;

•  ishlab chiqarish ko`rsatkichlari;

Реклама на Unews

•  ish o`rinlari soni;

•  korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi.

2021 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytida iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik mu`lumotlar, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi to`g`risidagi hisobot joylashtiriladi.  

 Davlat ishtirokidagi korxonalar quyidagi ma`lumotlarni har chorak yakunlari bo`yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi:

- biznes-reja ko`rsatkichlari bajarilishi;  

-ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish;  

-soliq va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar;  

-tashqi qarzdorlik;

  • mahalliylashtirish va investisiya loyihalari bajarilishi to`g`risidagi ma`lumotlar.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring