1-sinfga chiqadigan nabiramni maktabga joylashtirish uchun qachon olib chiqsam bo`ladi?
3992 27-05-2020 0 O'zimizdaBu yil nabiram 7 yoshga to`lib, maktabning 1-sinfiga chiqadi, qachon nabiramni maktabga joylashtirish uchun olib chiqsam bo`ladi?
Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.
Ushbu savolga Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov telegramdagi rasmiy sahifasi orqali quyidagicha javob berdi:
Реклама на Unews
" Amaldagi tartibga ko`ra, har yili 1 iyundan 31 avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to`g`ridan-to`g`ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan. Karantin sharoitida buni amalga oshirish, ya`ni ota-onalarning ta`lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta`minlash muammo yuzaga keladi.
Ushbu masalada ham Xalq ta`limi vazirligi o`z takliflarirni ishlab chiqmoqda.
O`zbekiston respublikasi prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprelda o`tkazilgan 28-sonli yig`ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib, hamda pandemiya ta`siri to`liq bartaraf etilguniga qadar 1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko`chirish belgilangan . Buning natijasida:
Реклама на Unews
1. Ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to`liq rioya etilishi ta`minlanadi.
2. Iyun oyida umumta`lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan, oliy o`quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi.
1-sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so`ng, maktab ma`muriyati orqlai qo`shimcha ma`lumot olishingiz mumkin."
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.