1 sentyabrdan tug`uruq va homiladorlik nafaqasini to`lash tartibi o`zgaradir

Prezident «O`zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to`g`risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko`ra, Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi tashkil etildi.

 

Jamg`arma faoliyatini moliyalashtirish manbalari davlat byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

Реклама на Unews

Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi mablag`lari hisobidan:

joriy yilning 1 sentyabridan boshlab davlat ijtimoiy sug`urtasi doirasida tug`uruq va homiladorlik nafaqasi eng kam iste`mol xarajatlari hisobida to`lanadi. Shu bilan birga, agar xodimning ish stajida bir oygacha bo`lgan tanaffuslar bo`lsa, u holda uzluksiz ish stajini hisoblashda tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar hisobga olinadi;

kelgusida davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalarni to`lash «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Реклама на Unews

7 mart kuni prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonni imzolagan edi.

Hujjatda 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo`lgan ayollarga, byudjet tashkilotlari bundan mustasno, oylik iste`mol xarajatlarining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda, davlat byudjeti mablag`lari hisobidan tug`uruq va homiladorlik nafaqalari to`lanishi belgilandi.

Joriy yilning yanvar oyida Davlat statistika qo`mitasining ma`lum qilishicha, eng kam iste`mol xarajatlari har bir kishi uchun oyiga 498 ming so`mni tashkil qilgan. O`tgan yili u 440 ming so`mni tashkil etdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring