1-sentabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi

Hukumatning tegishli qarori bilan 1-sentabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Ishlab chiqarilganiga 6 yildan oshgan avtomobillar 2 yilda 1 marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti ham bekor qilinadi.

Hukumatning 9-martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, 1-sentabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish tartibi joriy etiladi.

Реклама на Unews

 

 

2021-yil 1-sentabrdan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi avtotransportlarni tadbirkorlar — yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniladi.

2021-yil 1-iyulga qadar avtotransportlarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, 1-sentabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi.

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, transportlar quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:

  • tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transportlar va ularning tirkamalari — 1 yilda 2 marta;
  • ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko‘p bo‘lmagan transportlar — 2 yilda 1 marta;
  • ishlab chiqarilganiga 6 yildan ortiq bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transportlar — 1 yilda 1 marta;
  • tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.

Shu bilan birga, navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) lozim.

Avvalroq, “Gazeta.uz” yuqoridagi Hukumat qarorini qabul qilish 2021-yilgi davlat dasturidan o‘rin olgani haqida xabar bergan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring