1 iyuldan ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi 15 % ga oshadi

“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Prezident farmonida “O‘zshahar qurilish invest” IKga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizasiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilangan edi. Ushbu muddat o‘z yakuniga yetmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IK ga to‘lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi. 

Shu bois uy-joylarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirishlari so‘raladi. 

Реклама на Unews

P.S// Ushbu talab uy-joylarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring