1 dekabrdan boshlab O`zbekistonda har bir yo`l harakati qoidabuzarligi uchun alohida jarima ballari hisoblab boriladi

Yo`l harakati qoidalariga so`zsiz rioya qilinishini ta`minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida 2022 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo`l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:

  • har bir yo`l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

 

  • hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma`lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o`rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

 

Реклама на Unews

  • muayyan davr mobaynida yo`l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag`batlantirish choralari qo`llaniladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring