1, 8 va 15 dekabr kunlari Krasnodardan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020 yil 1, 8 va 15 dekabrda Krasnodardan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi to`g`risida xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, jadval va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning saytida tanishish mumkin.

Ta`kidlanishicha, Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga havo qatnoviga PZR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo`yilmaydi.

Реклама на Unews

"Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin", deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring