Yunusobod va Buvayda tuman hokimi oʻrinbosarlari yer ajratib berish uchun qancha pora olgani maʼlum boʻldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura binosida 7 noyabr, shanba kuni boʻlib oʻtgan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan idoralararo yigʻilishda yer ajratib berish evaziga Yunusobod tuman hokimi oʻrinbosari 3,5 ming, Buvayda tuman hokimi oʻrinbosari 20 ming, Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi uy-joy shirkatlari uyushmasi raisi 35 ming dollar olganligi uchun qonun oldida javob berganligi maʼlum qilingan. Bu haqda yigʻilishda ishtirok etgan «Tez News» muxbiri xabar berdi.

Shuningdek, yigʻilishda Surxondaryo viloyat hokimligi xodimi I.A. Shoʻrchi tuman hokimligi bosh mutaxassisi T.A. orqali tadbirkor B.S.dan 1 milliard soʻm imtiyozli kredit olishida yordam berganligi uchun 2 ming dollar olgani aytib oʻtildi.

Avvalroq Oʻzbekistonda iqtisodiy sohada 2019—2020 yillarda 2,5 mingga yaqin korrupsioner mansabdorlar javobgarlikka tortilgani va Oʻzbekistonda oʻtgan ikki yilda qancha mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgani haqida xabar qilingandi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий