Yana bir chekka hududdagi maktabni ta`mirlash uchun ajratilgan millionlar talon-toroj qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Kegeyli tumanidagi umumiy o`rta ta`lim maktabini joriy ta`mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokruatura Matbuot xizmati xabar qildi. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi umumta`lim maktabi binosida “N.” MChJ tomonidan amalga oshirilgan joriy ta`mirlash ishlari to`liq bajarilmagan bo`lsada, tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan 104,8 mln so`m byudjet mablag`lari jamiyat hisob raqamiga o`tkazib berilib, ushbu mablag`lar rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi, 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий