Xitoyda «Lan’ya» virusi tarqalyapti: allaqachon 35 kishi zararlangan

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Olimlar guruhi Xitoyda yangi turdagi genipavirusni aniqladilar. Ushbu virus allaqachon 35 kishini zararlashga ulgurgan.

Xitoyning «Penpay» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, tadqiqot ishlari xitoylik va singapurlik izlanuvchilar tomonidan olib borilgan va izlanish natijalari «Yangi Angliya» tibbiyot jurnali (NEJM)da chop etilgan.

Unda aytilishicha, yangi genipavirus «Lan’ya» deb nomlangan.

Реклама на Unews

«Shu kungacha Xitoyning Shandun va Xenan provinsiyalarida 35 kishi «Lan’ya» virusi (Langya henipavirus, LayV)ni yuqtirib olgan», – deb yozmoqda nashr.

Yangi virus bilan kasallanish belgilari orasida isitma, yo‘tal, holsizlik, ishtahasizlik, mushaklarning og‘rishi hamda ko‘ngil aynib qayt qilish kabilar kuzatiladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, «Lan’ya» belgilari «Nipax» virusini eslatadi, biroq bu bilan kasallanganlar orasida shu kunga qadar jiddiy oqibatlarga, jumladan o‘limga olib kelganlik holatlari kuzatilmagan.

Реклама на Unews

«Shuning uchun biz ushbu yangi virusdan ogoh bo‘lib turishimiz, lekin vahimaga berilmasligimiz kerak», – deydi Singapur Milliy universiteti professori Van Linfa.

«Lan’ya»ning odamdan odamga yuqish hollari, hozircha kuzatilmagan. Ushbu virus, asosan yerqazarlarda uchraydi. Shuningdek, unga qarshi aksiltana (immunitet hosil qiladigan modda)lar echki va itlarda ham topilgan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий