Vazirlikning 84 nafar xodimi koronavirusdan davolanish uchun davlatning salkam 1 milliard pulini sarflagani rostmi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Investisiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, 918 million 677 ming 500 so‘m to‘lov amalga oshirgani haqidagi xabarni vazirlik mas’ul xodimi izohladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Davlat xaridlari bo‘yicha ochiqlangan ma’lumotga ko‘ra, Investisiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, uch mahal ovqatlangani hamda mehmonxona anjumanlar zalidan foydalangani uchun 918 million 677 ming 500 so‘m to‘lov amalga oshirilgan.

Vazirlik va mehmonxona o‘rtasida tuzilgan 7 aprel kungi shartnomaga qo‘shimcha qilingan hujjatga muvofiq, har bir xodimning mehmonxonada yashab, ovqatlanishi bir sutka uchun 515 ming so‘mga baholangan. Anjumanlar zalidan 22 sutka foydalanish uchun esa 77 million 402 ming so‘m to‘lab berilgan.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, ushbu shartnoma Loyiha boshqaruvi milliy agentligining tegishli xatiga asosan mehmonxona bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov ushbu holat yuzasidan izoh berdi:

«Bugun OAV tarqatayotgan ma’lumotlarga izoh berar ekanman, e’tiborni nashrda yetishmayotgan ba’zi tafsilotlarga qaratmoqchiman.

Реклама на Unews

Xodimlarni mehmonxonaga joylashtirish to‘g‘risida qaror birinchi lokdaun kiritilishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt bosimi sharoitida qabul qilingan. Epidemiologik vaziyatning noqulay rivojlanishi natijasida vazirlik oldida karantin cheklovlarining qiyin sharoitida eksport qiluvchi korxonalar va investisiya loyihalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish uchun minimal miqdordagi kadrlarni kafolatlash vazifasi turgan edi. O‘rta menejment har bir bo‘limning bir yoki ikkita asosiy mutaxassisi bilan birgalikda masofadan turib ishlash uchun mehmonxonada izolyasiya qilinish ssenariysi tanlandi. Hammasi bo‘lib vazirlikning markaziy apparati xodimlaridan 84 nafari tanlab olindi. Ko‘pincha, xodimlar uydan masofadan ishlashga o‘tkazildi va ITSV rahbariyati barcha xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda odatdagidek ishlashda davom etishdi.

Mehmonxonani turar joy uchun belgilashning mantiqiyligi aniq va shaffofdir: Inter Hotel - bu bizga qarashli mehmonxona bo‘lib, uni Inter Forum DUK boshqaradi. Vaziyatni boshqarish va mablag‘ni tejash nuqtai nazaridan, bu shubhasiz eng yaxshi variant, binobarin mablag‘ ITSV tizimi ichida aylangan. Bundan tashqari, ushbu xarajatlarni qoplash uchun byudjet mablag‘laridan bir so‘m ham ishlatilmagan.

Bundan tashqari, Inter Hotel yuqori narx kategoriyasiga tegishli mehmonxonalardan biri ekanligiga qaramasdan, biz shaxslarni karantinda joylashtirish uchun mehmonxonalarga tavsiya etilgan mablag‘dan chetga chiqmadik. Bu bo‘ysunuvchi tashkilot tanlovining yana bir ijobiy tomoni, ammo mehmonxonaning o‘zi uchun bizning tashabbusimiz «majburiy» yukga aylanmadi: aksincha – lokdaun sharoitida biz mehmonxonalar xodimlarining kamida qisman bandligini ta’minladik.

Muhimi, shuni ta’kidlashni istardim, ushbu strategiya o‘zining samaradorligini isbotladi - 84 nafar xodimning hech biri koronavirus bilan kasallanmagan. Bu vazirlikning uzluksiz ishlashini va natijada iqtisodiy samarasi yuz millionlab emas, balki trillionlab so‘mni tashkil etadigan loyihalarni amalga oshirishni ta’minladi.

Biroq, kelajakda tashqi so‘rovlar uchun ochiq tashkilot sifatida biz ommaviy axborot vositalaridan konstruktiv yondashuvni kutib qolamiz. Bizning fikrimizcha, vazirlikning keyingi tushuntirishlari bilan emas, balki oldindan olingan ma’lumotlari bilan ushbu turdagi nashrlar bir yoqlama bo‘lmas edi. Umid qilamizki, oxir oqibat biz ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro munosabatlarning aynan shu formatiga kelamiz".

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 
 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


2 комментарии

Написать комментарий
  1. 17-10-2020 ман-менман

    Кимми ёзи қиш эрса, Кимларга қиш - ёздир мудом.

    Ответить на этот комментарий
  2. 16-10-2020 Davron Gʻoipov

    Nma bu hazlmi, 1 milliard bilan 918 millionni oʻrtasida 82 million farq bor, qanaqasiga salkam 1milliard boʻladi, yo 82million pulmasmi?

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии