«Ular birorta dalilga asoslanmagan» – mutaxassis Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilardan foydalanmaslikka chaqirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistonlik mutaxassis Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilarning aksariyati birorta dalilga asoslanmagani haqida gapirdi,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.
Milliy telekanali orqali uzatilayotgan «Tez yordam» ko‘rsatuvining 21 iyuldagi sonida telefon orqali studiyaga bog‘langan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova Rossiyada ishlab chiqarilgan dorilardan foydalanmaslikka chaqirdi.

«Respublikamizda Rossiyada ishlab chiqarilgan juda ham ko‘p dorilar ishlatiladi. Bizning tilimizda ular «fuflomitsin» deyiladi. Ular birorta dalilga asoslanmagan dorilar hisoblanadi. Ichsangiz ham, ichmasangiz ham hech qanday samarasi yo‘q. Ularni ishlatishni man qilishni so‘rayman», deydi Klara Yodgorova.

Mutaxassis koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga o‘zini o‘zi kuzatish metodidan foydalanishni tavsiya qildi.
«Koronavirusda bemorlar o‘zini o‘zi kuzatish metodidan foydalanishlari kerak. Ya’ni bunda koronavirusning barcha belgilari ko‘rsatilgan jadval tuzib, kunlik tarzda o‘zlarida qaysi simptomlar kuzatilganini kiritib borishlari lozim. Bu tuzalish jaryonini nazorat qilishga yordam beradi.

Shuningdek, agar bemor o‘zi suyuqlik icha olsa, tomchi ukol (kapelnitsa) olish mutlaqo tavsiya etilmaydi. Kapelnitsa o‘pka alveolalari shishishiga sabab bo‘ladi. Uyda va statsionarda davolanayotgan bemorlarga kapelnitsa olishni tavsiya qilishni to‘xtatish kerak
», deya ta’kidladi u.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий