U haqiqatni sevardi — sportchilar Murod Xonto`raev haqida

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Osiyo ayig`i nomi bilan tanilgan O`zbekistonlik MMA jangchisi, O`zbekiston MMA assosiasiyasi vise-prezidenti Murod Xonto`raev   34 yoshida dunyoni tark etdi.

Murod Xonto`raev 1987 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. O`zining professional karerasini 2013 yilda boshlagan.

MMA sport bo`yicha dunyo e`tiboriga tushgan va yuqori natijani qayd etgan  hamyurtimiz  O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi raisi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bugungi kunda marhum sportchimiz tashabbusi  bilan viloyatlarda turli musobaqalar muntazam ravishda o`tkazilib, yangi sport zallari  va maydonlari o`z faoliyatini boshladi. Endi ana shu faoliyatini boshlagan zallar va musobaqalardan yangi yulduzlar, yangi nomlar chiqadi.

Реклама на Unews

O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi ijrochi direktori Zafar Qahramonov:

- Sovuq xabar yashin tezligida tarqaldi. Bu xabarni eshitib,  chin ko`ngildan xafa bo`ldik, kuyundik. Murod Xonto`raev  insonlar ko`nglidan mustahkam joy olgan, hurmat-e`tiborga sazovor bo`lgan inson edi. Kechayu kunduz o`z ustida ishlab, har bir uyushtirayotgan tadbirga o`ta puxta tayyorgarlik ko`rar edi. U  yosh sportchilarga  haqiqiy namuna bo`la oldi desam, adashmayman. MMA sportiga tekkan eng katta foydasi yigitlardan tartib-qoida qattiq talab qilardi. Tan olish kerak, MMA sportchilarning aksariyati to`polonchi, urushqoq ko`cha bolalaridan tashkil topgan. Shu sabab ular bilan tushunmovchilik bo`lsa, biz darhol Murodga murojaat qilar edik. U esa yuzaga kelgan tushunmovchilikni ijobiy hal qilib berardi. Haqiqatni sevardi.  

MMA sportini yana-da rivojlantirish yuzasidan kelgusida qanday rejalari bor edi?

Реклама на Unews

24 avgust kuni katta musobaqa uyushtirish rejasi borligi haqida gapirgan edi. Tayyorgarlikni boshlab yuborgan  edi.  Uning maqsadi tarqoq sportchilarni birlashtirish edi. O`zimizning ko`p yigitlarimiz so`nggi vaqtlarda  Qirg`iziston, Qozog`istonga chiqib, janglarda qatnashayotgan edi.   Murodning  shu yigitlar boshqa davlatlarga borib jang qilgandan ko`ra  o`zimizda ham shu janglar tashkillashtirilsa, havaskor sportchilarimiz esa  shu erda o`z iste`dodini namoyon qilishsa,  degan maqsadi bor edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan salbiy xabarlar munosabatingiz?

Men eshitganimga emas ko`rganlarimga ishonaman. Boshqalarga ham shuni tavsiya etaman. Ijtimoiy tarmoqlarda turli noxush gaplar   tarqalmoqda.  Bu kabi asossiz xabarlar tarqalishidan kimga qanday manfaat beradi bilmayman, ammo shuni aniq ayta olamanki, Murod hech qachon spirtli ichimlik  iste`mol qilib  yurgan odam emas. U iymonli, e`tiqodli yigit edi. Tezlikni ham  ijtimoiy tarmoqlarda aytilgandek darajada oshirmas edi.  

Nabi Qodirov, qo`l jang bo`yicha terma jamoa bosh murabbiysi:

- Murod bizga shug`ullanish, malaka oshirish uchun 2007 yil kelgan. Murabbiyimiz Asad O`rinov va men Murodjon bilan birga juda yaxshi ishladik. Yaxshi sportchi edi. Qo`l jangi bo`yicha juda ko`p musobaqalarda ishtirok etib, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishgandi. Yangi o`sib kelayotgan sportchilarga dalda berib, doim ma`naviy, qolaversa moddiy tomondan ham  yordam berardi. Shogirdlari ham bor edi. Sport bilan bog`liq  rejalari ko`p edi. ayniqsa avgust oyida aralash jang san`ati bo`yicha katta yirik musobaqa o`tkazish maqsadi bor edi.

Aslida bu kabi musobaqalarni o`tkazishning juda katta foydasi bor. Unda yigitlar malaka oshirish imkoniyatiga ega. O`zingizga ma`lum, noolimpiya sport turlari bilan  shug`ullanayotgan sportchilarga ma`naviy va moddiy e`tibor berilmasa, janglar tashkillashtirilmasa   sportchilarimiz bu sport turini tashlab ketishlari mumkin. Murod esa buning oldini olishga, katta tadbirlar o`tkazishga harakat qilar edi.

Bugungi kunda Murod Xonto`raevning shogirdi deb kimni ayta olasiz?

- Jasur Anorbaev yaxshi o`sib kelayotgan shogirdlaridan biri. Abbos Rasuljonov, Abzal Abdurahimov ham uning eng yaxshi shogirdlaridandir.

Mahmud Murodov, o`zbek aralash janglar sportchisi:

- Murod O`zbekiston xalqi uchun juda katta ishlar qildi. MMA rivojlanishi uchun bor  kuch- g`ayratini ayamadi. U doimiy ravishda  etimxonalar, maktablar, maktabgacha ta`lim muassasalarga yordam qo`lini cho`zgan. Hattoki, juda ko`p oilalarga yordam berganiga o`zim guvoh bo`lganman Murod bu ishlarni  kimgadir ko`rsatish, maqtanish uchun emas, balki  chin ko`ngildan qilar edi.  Men juda ko`p marotaba mehmoni bo`lganman. Oilasidagilar  ham yaxshi insonlar.  Bizning o`zaro kelishilgan holda  turnirlar o`tkazish rejamiz bor edi.

Avtohalokat ro`y berishidan bir necha kun avval men bilan gaplashganida qurbon hayit arafasida ko`pchilik muhtoj oilalarga yordam berish maqsadi borligini aytgan edi. Afsuski, niyati amalga oshmadi. Bu hayot ekan, taqdirdan qocholmaymiz, peshonaga yozilgani bo`ladi. Bu juda yaxshi inson, do`st, hamkasb edi. Sportni jonidan ortiq yaxshi ko`rardi.

Manba: Zamon.uz

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


1 комментарии

Написать комментарий
  1. 22-07-2021 Шохиста

    Матнда азгина хатоликлар бор

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии