Tramp vahimada! U sudlashmoqchi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida firibgarlik ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli pochta orqali ovoz berish o‘tkazilmasligi kerak, deya ta’kidlaydi amaldagi davlat rahbari Donald Tramp, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

CNN telekanaliga ko‘ra, Nevada shtati gubernatori Stiv Sisolak masofadan ovoz berish to‘g‘risidagi qonunni imzolaganidan keyin shtatga qarshi da’vo qo‘zg‘atildi.

Respublikachilar partiyasi barcha shtatlardagi amerikaliklar o‘z ovozlarini "to‘g‘ri" berishlari va respublikachilar partiyasidan nomzod (ya’ni Tramp) o‘ziga tegishli ovozlarni olishga qodir bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.

Реклама на Unews

"Respublika Milliy Qo‘mitasi ushbu imkoniyatdan juda manfaatdor", deyiladi sudga topshirilgan da’vo arizasida.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovlarida pochta orqali ovoz berishni oqlamagan va bunda "to‘liq tartibsizlik bo‘ladi" deb aytgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий