Toshkentda o`qituvchilardan pul yig`ilayotganligi haqida xabar tarqatgan fuqaro ustidan huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Facebook ijtimoiy tarmog`i sahifalarida fuqaro tomonidan “Bir masala, o`rtoqlar” sarlavhasi bilan xabar tarqaldi. Unda yozilishicha, poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 142-sonli umumta`lim maktabi direktori o`qituvchilardan noqonuniy ravishda 400 000 so`mdan pul yig`ayotganligi tilga olingandi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani xalq ta`limi bo`limining maxsus ishchi guruhi o`rganish olib borgan.  

Unga ko`ra, 142-maktab direktori M.P.Maraimova 2020 yil 2 oktyabrdan navbatdagi mehnat ta`tilida ekanligi, 26 noyabrdan ishga chiqishi ma`lum bo`lgan. Pedagog-o`qituvchilar ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda jamoa a`zolari bu xabar yolg`on va hech qanday asosga ega emasligini alohida ta`kidlashgan.

Реклама на Unews

Yuqorida yolg`on ma`lumotlarni tarqatgan fuqaro Nodir Abdullaevning mazkur chiqishi bo`yicha maktab ma`muriyati tomonidan tegishli huquq-tartibot idoralariga murojaat qilingan.  

" - Ma`lumki, Konstitusiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.

Yodda tutish kerakki, bu kabi xatti-harakatlar, shu jumladan tuhmat, haqorat uchun fuqarolik, ma`muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o`rnatilgan.  

Реклама на Unews

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksga ko`ra, haqorat qilish, ya`ni shaxsning sha`ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Tuhmat, ya`ni bila turib yolg`on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq, agar haqorat qilish, ya`ni shaxsning sha`ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilgandan keyin sodir etilgan bo`lsa — bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha (44 mln 600 ming so`m)  jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Xalqimizda “O`ynab gapirsang ham o`ylab gapir!” degan naql bor. Tashvishlanarlisi, keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi hech bir dalil va asosga ega bo`lmagan gap-so`zlarning bolalayotganidir. Agar siz rostdan korrupsiya holatlariga qarshimisiz, marhamat, aniq dalil va isbotlari bilan o`z fikringizni bayon qiling. Yoki Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi ishonch telefonlariga qo`ng`iroq qiling:  71 2370801, 71 2370893", deyladi raddiyada.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий