Toshkentda 10 ga yaqin shaxsdan iborat “jinoyat zanjiri” fosh etildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Toshkent viloyati IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi va uning quyi tizim xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 10 ga yaqin shaxsdan iborat bo‘lgan “jinoyat zanjiri” uzildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Xususan, Zangiota tumani “To‘qimachi” mahallada yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan Q.S. 18 yashar shartli xaridorga 4 dona (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan) dori vositasini 250 ming so‘mga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan. Shuningdek, uning yonidan 10 dona shu turdagi dori vositasi daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.

 

Shu tariqa boshlangan tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs va boshqalarni dori bilan ta’minlayotgan Uchtepa tumanida yashovchi 42 yoshli Javlon, 52 yoshli Baxtiyor, Olmazor va Yunusobod tumanida yashovchi 25-27 yoshli Rustam va Muhammad hamda Toshkent tumanida yashovchi 44 yoshli Sherzod va 31 yoshli Jasur ismli shaxslar ham shartli xaridorga dorilarni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Реклама на Unews

Zanjirning navbatdagi a’zosi Chilonzor tumanidagi dorixonalardan birida sotuvchi bo‘lib ishlovchi 24 yoshli Javohir esa 200 dona (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan) dorini 3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Uning avtomashinasidan esa 590 dona shu turdagi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 9 nafar shaxs qo‘lga olingan bo‘lsa, ulardan bozor narxi 34 mln so‘mga teng bo‘lgan, jami 1 351 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi noqonuniy muomaladan olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий