Toshkent viloyatida 2 kishi quturgan daydi it tishlashidan vafot etdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Olmaliq tumanida ikki fuqaroning quturish kasalligidan vafot etganligi to‘g‘risida tarqatilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar tasdig‘ini topmadi. Ammo olti oy avval qarovsiz qolgan daydi itning tishlashi natijasida, ya’ni quturgan daydi it jarohat yetkazgan shaxslar o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmaganligi tufayli olamdan o‘tgan.

“Xabarda qayd etilgan Olmaliq tumanida 141 nafar yoshlarning quturish kasalligiga chalinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz”, - deyilgan qo‘mita bayonotida.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий