"Tolibon” vakili Afg`onistonda urush tugaganini e`lon qildi
1786 16-08-2021 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Afg`onistondagi jangovar harakatlar tugadi va Kobul ustidan nazorat o`rnatgan “Tolibon” harakati tez orada mamlakatda boshqaruv shaklini ma`lum qiladi. Bu haqda «Tolibon» siyosiy idorasi rasmiy vakili Muhammad Naim Al Jazeera telekanaliga intervyusida xabar berdi.
Uning ta`kidlashicha, yaqinda «Tolibon» Afg`onistondagi hokimiyat shaklini va rejimini aniqlaydi.
– Biz mamlakat xavfsiz va korrupsiyadan xoli bo`lishini istaymiz, – degan Naim.
Реклама на Unews
Shuningdek, «Tolibon» xorijlik fuqarolar va mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalar a`zolari xavfsizligini to`liq ta`minlashi aytilgan.
– «Tolibon» jangchilari poytaxt Kobulni egalladi va hukumat rasmiylari mamlakatni tark etgan so`ng davlat idoralari ham ishg`ol qilindi. Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani mamlakatdan chiqib ketdi. Keyinchalik «Tolibon» Afg`oniston poytaxtining barcha hududlari ustidan nazorat o`rnatilganini e`lon qildi, – deyiladi telekanal xabarida.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.