Tanzila Norboyeva gaz va svet muammolari bo‘yicha Prezidentga axborot berilishi aytdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ayni soatlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi  bo‘lib o‘tmoqda. Yalpi majlis Youtube portalida ham onlayn tarzda berib borilayotgani bois ko‘plab  foydalanuvchilar paydar-pay  munosabat yozib qoldirilmoqda. Munosabatlarning aksariyati  bugungi sovuq kunlar gaz va svet ta’minotidagi muammolar xususida bo‘lib,  senatorlardan unga jiddiy e’tibor qaratish talab qilinayotir, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasi jarayonida  senator Farmon Toshev Senat raisidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan munosabatlarga e’tibor qaratishni so‘radi. O‘z navbatida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva yalpi majlisni boshqarishi barobarida ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatib borayotgani aytib, bir necha achchiq-aiichq  munosabatlarni o‘qib berdi. Va shu joyning o‘zida Senatning tegishli qo‘mitasiga mutasaddilar bilan bog‘langan holda gaz va svet ta’minotidagi taqchilliklar sababiga aniqlik kiritish topshirig‘ini berar ekan, bu haqda davlat rahbariga axborot berilajagini ta’kidladi.

Alohida qad etish shart, tarmoqda qoldirilayotgan munosabat-izohlarning aksariyati tanqiddan iborat bo‘lmoqda.

Реклама на Unews

Oliy Majlis Senati  majlisidavom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий