Talaba qizning yozgan maqolasi uchun tahdid qilgan mahalla raisiga «hayfsan» berildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

«Maqolam uchun mahalla raisi tahdid qildi, dadamni do‘pposlashdi» sarlavhali xabar Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan muallifning taqdim qilgan hujjatlari asosida qo‘shimcha tarzda tekshirildi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, M.Po‘latovaning «Efir uchun qilinayotgan ehsonlar» sarlavhali maqolasi «Navoiy ziyosi» gazetasida chop etilgach, uning xonadoniga Karmana tumani, «Bog‘ishamol» MFY raisi Maqsud Pardayev kelib, muallif mahalladagi holatni o‘rganmasdan maqola yozganini vaj qilgan.

"Mahalla raisi ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan.

Реклама на Unews

Tekshirish natijasiga ko‘ra, 12.09.2020 yilda M.Pardayevga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, «hayfsan» e’lon qilindi.

Qayd etish joiz, «Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, jurnalist jurnalistik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.

Shuningdek, mazkur qonunning 10-moddasida jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari belgilab o‘tilgan. Ularga ko‘ra, jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi. Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi. Uning jurnalistik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab qilish taqiqlanadi.

Реклама на Unews

Shunday ekan, jurnalistlar faoliyati davomida turli bosim yoki tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan ularning ish jarayoniga aralashish qonun bilan man etilgan.

Bu borada qonunlarga to‘liq rioya etish, har bir harakat oqibatidan to‘g‘ri xulosa chiqarish, qonunni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyilini unutmaslik lozim", - deyiladi idora xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий