SSVning koronavirus bo‘yicha rasmiy statistikasi yolg‘on bo‘lishi mumkin. Vazirlik «pozisiya»sini o‘zgartirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 22 sentyabr kuni mamlakatdagi koronavirusga chalinish, tuzalish va o‘lim holatlari haqidagi kunlik statistikani odatdagidek jadval shaklida taqdim etmadi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jamoatchilikka berilayotgan ma’lumotlardagi bunday qisqartirish vazirlik statistikasida xatolar borligiga ishora qiluvchi tanqidiy maqoladan keyin ro‘y berdi.

Bundan tashqari, faol jamoatchilik tomonidan yuritilayotgan o‘lim statistikasi vazirlik statistikasidan tobora farq qila boshlashi fonida, SSV vafot etganlarning ism-familiyasi bosh harflari, jinsi, yoshi, qayerda yashagani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni ham to‘xtatdi.

Реклама на Unews

22 sentyabr kuni Daryo.uz e’lon qilgan maqolada yozilishicha, Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan yuzdan ortiq bemorlar kasallik qayd etilganidan bor-yo‘g‘i 2–3 kun o‘tib «sog‘ayib chiqa boshlagan».

«Hozircha viloyat SSB erishgan yutuqlari bo‘yicha bong urgani yo‘q, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligining har kunlik hisobotlarini taqqoslagan holda Toshkent viloyatida bemorlar juda ham tez davolanayotganini kuzatish mumkin», – deb yozadi nashr.

Ma’lum bo‘lishicha, rasmiy statistikaga asoslangan hisob-kitoblardan quyidagi xulosa kelib chiqadi: Toshkent viloyatida 14 sentyabr soat 23:30gacha go‘yo 11 sentyabr va undan oldin kasallikka chalinganlarning barchasi tuzalgan hamda 12 sentyabr kuni COVID-19 qayd etilganlarning kamida 29 nafari oradan 2 kun o‘tib sog‘aygan.

Реклама на Unews

Yoki bo‘lmasa, rasmiy statistikaga ishonilsa, viloyatda 10 sentyabrda koronavirusga chalinganlardan 130dan ortig‘i 2 kun ichida tuzalgan bo‘lib chiqyapti.

Toshkent viloyatida bemorlar nafaqat 2 kunda, balki 3 kunda sog‘aygani bo‘yicha ham kamida 2ta misol bor.

«Bemorlarning 2–3 kunda davolanish tendensiyasi avgust o‘rtalaridan buyon davom etmoqda. Bir oy ichidagi istalgan 4 kunni olib, o‘zingiz ham taqqoslab, bunga amin bo‘lishingiz mumkin», – deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati statistikasida keltirilgan raqamlarni solishtirganda, kimdir kasallanganlar va sog‘ayganlar o‘rtasidagi «balansni saqlash» uchun raqamlarni «chizib o‘tirgandek» tasavvur uyg‘onadi.

Ma’lumot uchun aytish joiz, ayni paytda Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga prokuratura qo‘yayotgan ayblardan biri ham aynan shu mavzuga taalluqli. Hozir hibsda saqlanayotgan viloyatning bosh infeksionisti koronavirusga chalingan F.Rustamov ismli bemor nomiga yuritilgan kasallik tarixida u COVID-19 kasalligidan to‘liq tuzalgani haqida soxta ma’lumot kiritganlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgustdagi yig‘ilishda haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga uringanlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkinligini aytib, rahbarlarni ogohlantirgan edi.

22 sentyabr kungi rasmiy statistika

SSV axborotiga ko‘ra, 22 sentyabr kuni O‘zbekistonda 598 kishida COVID-19 aniqlanib, 618 kishi sog‘aygani tasdiqlangan.

Rasmiy statistikada jami holatlar 52 857 ta, tuzalganlar 49 224 nafar, qurbonlar 433 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi qayd etilgan 598ta holatning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha (Namangan viloyatida yana yuzga yaqin holat aniqlangan):

  • Toshkent shahrida – 297 nafar
  • Toshkent viloyatida – 129 nafar
  • Namangan viloyatida – 98 nafar
  • Andijon viloyatida – 16 nafar
  • Jizzax viloyatida – 12 nafar
  • Surxondaryo viloyatida – 11 nafar
  • Qashqadaryo viloyatida – 10 nafar
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 9 nafar
  • Samarqand viloyatida – 9 nafar
  • Xorazm viloyatida – 7 nafar

Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foiz ekani (52 857 bemordan 49 224 nafari) aytilmoqda:

  • Toshkent shahrida – 323 nafar
  • Toshkent viloyatida – 131 nafar
  • Namangan viloyatida – 84 nafar
  • Samarqand viloyatida – 25 nafar
  • Andijon viloyatida – 16 nafar
  • Xorazm viloyatida – 12 nafar
  • Jizzax viloyatida – 11 nafar
  • Qashqadaryo viloyatida – 8 nafar
  • Surxondaryo viloyatida – 5 nafar
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 nafar

SSVning kunlik yakuniy hisobotida 22 sentyabrda necha kishi vafot etgani haqidagi ma’lumot yo‘q. Ertalab va oqshomga yaqin berilgan ma’lumotlarda 4 kishi vafot etgani bildirildi, ammo ularning jinsi, necha yoshda bo‘lgani, qayerda yashab, qayerda davolangani haqida axborot yo‘q.

To‘rt kishidan biri ayol, ikkinchisi erkak ekani ma’lum xolos.

«Hozirda mamlakatimizda 3 191 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Bungacha berib kelingan axborotlarda tushunarsiz ravishda davolanayotganlarning barchasi shifoxonada ekani aytib kelinayotgandi.

Og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soniga ham aniqlik kiritilmadi.

Umuman, O‘zbekiston shifoxonalarida hozir necha kishi COVID-19'dan davolanayotgani O‘zbekiston aholisiga ma’lum emas.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий