SSV: Tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 3 ming nafardan ortiq chaqaloqda yuqori texnologik operasiyalar o‘tkazildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Sir emas, avvallari turli tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelgan o‘g‘il-qizlarning aksariyatini davolash imkoni bo‘lmagan. Oqibatda ulardan bir qismi chaqaloqlik, bolalik yoki o‘smirlik davrida hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, qolganlari umr bo‘yi nogironlik asoratlaridan aziyat chekib yashagan.

Zamonaviy tibbiyot bugun ana shunday qismat egalari bo‘lgan jajji bemorlarni ham sog‘lom hayotga qaytarish choralarini topmoqda. Muhimi, ularda o‘tkazilayotgan yuqori texnologik operasiyalar kam invaziv usullarda bajarilyapti.

 

Xo‘sh, bu yo‘nalishda yurtimiz tibbiyotida qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda?

Реклама на Unews

— Mamlakatimizda 2016 yildan shu kunga qadar tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelgan go‘daklarning 3000 nafardan ortig‘ida murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova. — Ushbu operasiyalar Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi shifokorlari tomonidan bajarildi.

Masalan, ayrim go‘daklarda qizilo‘ngachning berk bo‘lishi, umuman bo‘lmasligi yoki o‘pkaga borib ulanishi kabi holatlar uchraydi. Yaqin yillargacha yurtimizda qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. Keyinchalik bunday dard bilan dunyoga kelgan go‘daklar operasiya orqali davolana boshladi. Ammo o‘sha paytda bu singari amaliyotlar kesish yo‘li bilan bajarilgan.

 

Shu yil boshida esa muassasada Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bolalar xirurgiyasi tarixida ilk bor qizilo‘ngach ateriziyasi tug‘ma nuqsoni “Fokker” operasiyasi yordamida bartaraf etildi.

Реклама на Unews

Hozir o‘zbek neonatal jarrohlari mustaqil ravishda qizilo‘ngach atreziyasining oqmali turlari va tug‘ma yuqori ichak tutilishida torakoskopik va laparaskopik operasiyalarni amaliyotga keng tatbiq etmoqda. Shu tufayli so‘nggi 8 oy ichida chaqaloqlarda mazkur nuqson tufayli o‘lim ko‘rsatkichlari 0 foizga tushirildi.

Qolaversa, chaqaloqlarda tug‘ma diafragmal churrani to‘liq torakoskopik yo‘l bilan, ya’ni tig‘ tekkizmasdan operasiya qilish yo‘lga qo‘yildi.

Gipertrofik pilorostenoz, ya’ni oshqozonning o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tish yo‘lida tug‘ma torayish bilan dunyoga kelgan go‘daklar operasiyasini ham 100 foiz laparaskopik usulda bajarish o‘zlashtirildi.

E’tiborlisi, bunday jarrohlik amaliyotlari davomiyligi atigi 8-10 daqiqani tashkil qiladi va jajji bemor salomatligi juda qisqa muddatda hamda asoratsiz tiklanadi.

Chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda tug‘ma yo‘g‘on ichak mushaklarining ma’lum qismi bo‘shligi, kengayishi va harakati sustligi bilan bog‘liq xastaliklar kuzatilganda, buni transanal operasiyalar orqali davolashga erishilyapti.

E’tiborlisi, ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi bu kabi noyob va ilg‘or muolaja usullarini ko‘paytirish choralarini ko‘rmoqda.

(Davomi bor!)

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий