SSV Termizda olti nafar egizak tug‘ilgani bo‘yicha xabarlarga izoh berdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilganligi va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqidagi habar tarqalmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.

Surxondaryo viloyat cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abdivohidov vaziyatga izoh berdi. 

Реклама на Unews

— Bu xabar haqiqatga zid, — deydi boshqarma boshlig‘i. — Termiz shahri va tumanida bunday tug‘ilish qayd etilmagan. Oxirgi ko‘p farzand tug‘ilishi hududimizda 3-fevral kuni bo‘lgan, ya’ni Angor tumanida 1990-yilda tug‘ilgan Maxbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, bo‘yi 49 sm), ikkinchisi o‘g‘il (vazni 2900 gramm, bo‘yi 47 sm) va uchinchisi ham o‘g‘il (2200 gramm bo‘yi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli baholanmoqda. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий