Soxta "MIB" xodimlariga jinoiy ish qo`zg`atildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati buni ma`lum qildi

2021 yil 14 iyul kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat etadi.

Unga ko`ra, shu yil 28 iyun  kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan va Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan hamda birga yashovchi ukasi, 2002 yilda tug`ilgan fuqarolar oldindan jinoiy til biriktirib, uning ishonchiga kirib, o`zlarini majburiy ijro bo`limi hodimi sifatida tanishtirib, undan aliment qarzdorligi deb, narxi 10.000.000 so`mlik bir bosh molini firibgarlik yo`li bilan olib ketganliklarini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Реклама на Unews

Hozirda ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni O`z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий