Sirdaryoda hokim o‘rinbosari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumani hokimining o‘rinbosarlaridan biri o‘z xizmat xonasida mahalliy MCHJ ish yurituvchisidan 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur mansabdor shaxs ushbu MCHJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga to‘sqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, agarda 500 AQSh dollari bersa, kelgusida MCHJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. so‘m olgan.

 

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий