Shov-shuvlarga sabab bo'lgan Kosonsoy tumanidagi "mahluq" nima ekanligi aniqlandi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

So‘nggi kunlarda Kosonsoy tumani Hurriyat mahallasida qandaydir noma’lum shaxs kechalari fuqarolar tinchini buzib, ularni qo‘rqitib yurgani, uni ushlamoqchi bo‘lishganida tomga qochib ketgani, u juda ham kuchli va chaqqon, hattoki to‘rt oyoqda yurishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. 

Buning natijasida bir necha kundan beri aholi tinchi buzilgan. Hattoki ayollar va bolalar kechasi ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolishgan. Achinarlisi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz mish mishlar yashin tezligida butun tuman bo‘ylab tarqalib ketdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, Ayni damda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va bu surishtiruvlar natijasida shu ayon bo‘ldiki shov shuvlarga sabab bo‘layotgan bu g‘ayritabiiy mavjudot emas. Olingan izlar bu odam ekanligini ko‘rsatmoqda. U hozirgacha hech qanday jinoiy ish (o‘g‘rilik, qotillik, shikast yetkazish....) qilmagan. Shunday ekan ortiqcha vahima va qo‘rquvga hojat yo‘q.

Реклама на Unews

 Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий