Shikoyat bilan chiqqan 41 o‘zbekistonlik muhojir haqida ma’lumot berildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Bizni qul qilib sotib yuborganmisizlar?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videomurojaat keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergandik. 

O‘sha murojaatda aytilishicha, 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi Tashqi Mehnat migratsiyasi agenligi Andijon filiali orqali Rossiya Federatsiyasiga ishga jo‘natilgan, biroq u yerda yetarli shart-sharoit yaratilmagan, va’da qilingan maosh to‘lanmagan.

Yuqoridagi holat yuzasidan bugun, 24 iyul kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berdi. 

Реклама на Unews

Aniqlanishicha, murojaat yo‘llagan muhojirlar Rossiya Federatsiyasining Cherkessk shahridagi “Yujniy” agrokombinati korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqqan. 

“Yurtdoshlarimiz murojaatiga asosan ularning muammolarini o‘rganish maqsadida joriy yilning 14-16 iyul kunlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi ushbu korxonaga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan fuqarolar bilan ham uchrashilgan”, deyiladi xabarda.

O‘rganishlar natijasida, mazkur korxonada 2019 yildan buyon 46 nafar samarqandlik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani, 2021 yilda yana 109 nafar andijonlik ish boshlagani ma’lum bo‘lgan.

Реклама на Unews

Xabarga ko‘ra, ish beruvchi korxona rahbariyati bilan mehnat migrantlarining yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishcha, ushbu vaziyat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий