Shaxmat bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida yarim finalga yo`l oldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O`zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmatchilari Quddusda o`tayotgan jahon chempionatida yarim finalga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

 

Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo`yicha erkaklar terma jamoalari o`rtasida jahon chempiionati o`tkazilmoqda. Musobaqada dunyoning 12 kuchli mamlakati orasida O`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Chorak finalda O`zbekiston terma jamoasi, dastaval, qora donalarda Ukraina jamoasini 3:1 hisobida, keyinchalik esa oq donalarda 2,5:1,5 hisobida mag`luniyatga uchratib jahon chempionatining yarim finaliga yo`l oldi. Yarim finalda o`zbekistonlik shaxmatchilarga Hindiston yoki Fransiya terma jamoalaridan biri raqib bo`ladi.

Реклама на Unews

O`zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida AQSh va Hindistonni mag`lubiyatga uchratib, birinchi o`rin bilan keyingi bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritgandi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий