Sardoba avariyasidan jabr ko‘rgan qozog‘istonliklarga yangi uylar berila boshlandi (foto)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Maqtaaral tumanida suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholi punktlarini tiklash maqsadida 895 ta uy rekonstruksiya qilinmoqda. Ayni paytda 360 ta uyning qurilishi to‘liq hajmda yakunlandi. Qolgan uylarning devorlari ko‘tarilib, tomi yopilgan, deb xabar beradi Kazinform hududiy aloqa xizmatiga tayanib,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Meyrjan Mirzaliyev tumanga amaliy tashrif bilan keldi. «Umuman olganda, tumanda qurilayotgan 895 ta uyning 195 tasi O‘rgebas ovulida, 314 tasi Firdavsiy ovulida, 386 tasi Mirzakent ovulida joylashgan.

Bugungi kunga qadar Firdavsiy ovulida 88 ta, O‘rgebasda 44 ta uyning qurilishi yakunlandi va Mirzakent qishlog‘ida 227 ta uyning qurilishi yakunlanmoqda.

Реклама на Unews

Rejaga ko‘ra, barcha uylar oktyabr oyining oxiriga qadar to‘liq qurib bitkazilishi kerak. Bevosita viloyat hokimi O‘mirzaq Sho‘kevning nazorati ostidagi ushbu ishlar jadal olib borilmoqda», - dedi M.Mirzaliyev.

O‘rgebas va Firdavsiy ovullari aholisi davlat ko‘magi bilan uy-joy qurmoqda. Uyda qurilish ishlari uchun mablag‘lar 3 bosqichda beriladi.

Yaqinda yangi uyga ko‘chib o‘tgan Gulsara Yeshtayeva ham ko‘pchilik qatori to‘lovni o‘z vaqtida olgan.

Реклама на Unews

«Biz yangi uyga ko‘chib o‘tdik, juda xursandmiz. Davlat, jamoat fondlari va aholi tomonidan juda ko‘p turli xil yordamlar ko‘rsatildi. Masalan, har bir oila uchun 1 ming AQSh dollari, har bir oila a’zosi uchun 100 ming tenge oldik. Uy qurishga sarflangan barcha mablag‘lar tovon puli sifatida berildi.

Bundan tashqari, ba’zi qurilish materiallari bepul yetkazib berildi. Ushbu qiyin davrda bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan Prezidentimizga, viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», - dedi O‘rgebas qishlog‘ida yashovchi G.Yeshtayeva.

Mirzakent ovulida qurilayotgan 386 ta uyning 196 tasi hukumat zaxirasi hisobiga, 190 tasi jamoatchilik tashkilotlari mablag‘lari hisobidan qurilmoqda. Bundan tashqari, yangi mahallada maktab, bolalar bog‘chasi, tibbiy ambulatoriya va politsiya bo‘limi qurilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий